Xorazmda viloyat “zamhokim”i boshchiligidagi tenderda uning ukasi g‘olib bo‘ldi

Jamiyat

image

Xorazmda 20,4 mlrd so‘mlik davlat buyurtmasi viloyat hokimi o‘rinbosarining ukasiga berilgani aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Matbuot xizmati rahbari ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2021 yilning 6 oyida 461,3 mlrd. so‘mlik qiymatdagi davlat xaridlari yuzasidan 59 ta qurilish ob’ektlarida o‘rganish o‘tkazilgan.

O‘rganish davomida Xorazm viloyatida viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK buyurtmachiligidagi qiymati 20,4 mlrd. so‘mlik “Urganch shahridagi perinatal markazini rekonstruksiya qilish” ob’ekti o‘rganilganida tender g‘olibi bo‘lgan tashkilot ta’sischisi Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari va tender komissiyasi raisining yaqin qarindoshi,  ya’ni tug‘ishgan ukasi ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, Jizzax viloyatida 19 ta ob’ektda 6,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari to‘lov hujjatlariga asossiz qo‘shib yozilganligi, 941,1 mln. so‘mlik ishlar sifatsiz bajarilganligi, Andijon viloyatida 4 ta ob’ektda 57,9 mln. so‘mlik ishlar sifatsiz bajarilgani, 1,4 mlrd. so‘mlik aslida bajarilmagan ishlar hisobot hujjatlariga qo‘shib yozilganligi  aniqlanib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. 

Bundan tashqari, byudjet buyurtmachilari tomonidan qurilish bo‘yicha “dxarid.uz” va “tender.mc.uz” portalida joylashtirilgan e’lonlar joylarga chiqqan holda o‘rganilganida, respublikaning 10 ta viloyatida jami qiymati 81,9 mlrd. so‘mlik 137 ta qurilish ob’ektlarida tanlov va tenderlar yuzasidan g‘oliblar aniqlanmasdan qurilish va joriy ta’mirlash ishlari boshlab yuborilganligi yoki yakunlanganligi aniqlanib, mazkur qonunbuzishlar bo‘yicha jami 28 ta materiallar prokuratura organlariga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

182

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing