Xorazmda o‘zini kanalga tashlagan qizning jasadi 13 kun deganda topildi
3-sahifa
−
27 avgust 2021
11146Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida fotihasi buzilgan qiz o‘zini kanalga tashlab joniga qasd qilgani, 10 kundirki uning jasadi topilmayotgani haqida xabar bergan edik. Ushbu holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi Matbuot xizmati qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, joriy yil 14 avgust kuni soat 15:30 da Tuproqqal’a tumani, “Yoshlik” mahallasida yashagan, 20 yoshli D.E. tumanning “Muhabbat” va “Sharlauq” mahallalari oralig‘idan oqib o‘tuvchi “Toshsaqa chapqirg‘oq magistral kanali” ustiga qurilgan temir ko‘prikdan o‘zini suvga tashlab, joniga qasd qilgan.
Oradan 13 kun o‘tib, bugun, 27 avgust kuni soat taxminan 13:00da “Toshsaqa chapqirg‘oq magistral kanali”ning Bog‘ot tumani “Qulon qorabog‘” mahallasi hududidan oqib o‘tgan 32 km.dan D.E.ning chirigan holdagi tan jarohatlarsiz murdasi topilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Tuproqqal’a tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari davom etmoqda. Tergovga qadar tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
LiveBarchasi