Xorazmda o‘zini kanalga tashlagan qizning jasadi topilmayapti. FVB izoh berdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida fotihasi buzilgan qiz o‘zini kanalga tashlab joniga qasd qilgani, 10 kundirki uning jasadi topilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Xorazm viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati holat bo‘yicha izoh berdi. 

Ma’lum qilinishicha, fuqaroning suvga cho‘kkanligi haqidagi xabar kelib tushgan vaqtdan boshlab, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Xorazm viloyati boshqarmasi qidiruv-qutqaruv guruhi tomonidan “Toshsoqa” chap qirg‘oq kanalida qidiruv ishlari olib borilmoqda. Kanal oqimi bo‘ylab, Tuproqqal’a, Hazorasp, Bog‘ot, Xonqa tumanlari, Urganch shahar va tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limlaridan mas’ul xodimlar qidiruv ishlariga safarbar etilgan.

Mazkur holat bo‘yicha, jarayonga aloqador barcha xizmatlar ham jalb qilingan bo‘lib, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

555

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing