Xorazmda uylarni ta’mirlashdagi talon-torojlik fosh etildi
Jamiyat
−
08 aprel 2021
4814Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida uylarni ta’mirlashdagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “H.I.” MCHJ rahbari tumanning Mustaqillik ko‘chasidagi uylarda amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha tuzilgan hujjatlarga soxta ma’lumotlarni kiritish orqali amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozib, 81,6 mln so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan MCHJ rahbari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi