Xorazmda pora bilan ushlangan hokim o‘rinbosari 6 yilga “kesildi”
3-sahifa
−
15 noyabr 2022
4820Xorazm viloyati Hazorasp tumani hokimining 12 ming dollar pora olayotganda ushlangan o‘rinbosari 6 yilga qamaldi. Bu haqda Xorazm viloyat sudining matbuot xizmati xabar berdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Tuproqqal’a tuman sudida Hazorasp tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiya va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan U.A.ga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan.
Sudda ma’lum bo‘lishicha ayblanuvchi noqonuniy qurilmalarga qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rmaslik, ya’ni buzmaslik evaziga arizachidan jami 12 ming AQSH dollarini pora tariqasida berishini talab qilgan va so‘ralgan pulni pora tariqasida olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan.
Sud U.A.ni Jinoyat kodeksining 210-moddasi(pora olish) 2-qismi “b” bandi bilan aybli deb topgan va JKning 45-moddasiga asosan 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.
Ma’lum qilinishicha, 1984 yilda tug‘ilgan U.A. muqaddam sudlamagan, ma’lumoti oliy, uning 4 nafar farzandi bor.
LiveBarchasi