Xorazmda ota 14 yashar o‘g‘lini ayovsiz kaltakladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahrida yashovchi 2009 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan bolaning tan jarohatlari bilan tasvirga olingan videosi tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi ma’lumot berdi.

Bolaning aytishicha, otasi uning sigaret chekkani aks etgan bir yil oldingi videoni ko‘rib qolgan va kaltaklagan. Shuningdek, uni tog‘asi ham urgan.

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G‘iyosovga ko‘ra, ushbu bolaga tan jarohatlari joriy yilning 7 yanvar kuni o‘zining otasi 1972 yilda tug‘ilgan A.X. tomonidan o‘g‘lining axloqsizligi vaji bilan yetkazilgan.

Hozirda voyaga yetmagan bolaga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilgan. Tegishli sudga oid ekspertizalar tayinlangan. 

Holat yuzasidan Urganch shahar Ichki ishlar organlari tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning dekabr oyida Namangan viloyatida Mingbuloq tumanida 5 yashar o‘g‘lini o‘ldirmoqchi bo‘lgan erkak ushlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm kaltaklash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing