Xorazmda Lacetti yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashdi. Qurbonlar bor

3-sahifa

image

Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida yengil avtomobilning bee’tiborlik bilan temir yo‘l kesishmasiga chiqib ketishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi.

YTH joriy yilning 3 noyabr kuni soat 17:40 larda Hazorasp tumani, Karvak qishlog‘i hududida yuz bergan. Qishloq hududidan o‘tgan “Istiqlol” temir yo‘lining 346-kilometri 3-piketidagi qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida Karvak qishlog‘ida yashagan 48 yoshli fuqaro boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobilni boshqarib kelayotib, temir yo‘l kesishmasidagi “Stop” yo‘l belgisiga amal qilmasdan, harakatni davom ettirgan va ayni shu vaqtda “Shovot – Urganch – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashgan.

Oqibatda avtomobil haydovchisi va undagi 25 yoshli yo‘lovchi olgan tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

203

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing