Xorazmda qizlarni boshqa viloyatlarga fohishalik uchun sotayotgan ayol ushlandi
3-sahifa
−
05 fevral 2021
28915Xorazmda voyaga yetmagan qizlarni majburan fohishalik qilish uchun sotib yuborayotgan ayol ushlandi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi (TXTB) xabar berdi.
Joriy yilning 2 fevral kuni Xorazm viloyati IIB TXTB boshlig‘i nomiga ariza kelib tushgan. Unda R.M. ismli ayol yosh voyaga yetmagan qizlarni uyida saqlab, fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlab, bir necha kunga boshqa viloyatlarga 1000-1500 AQSH dollariga doimiy ravishda sotib yuborayotgani ma’lum qilingan.
Arizaga muvofiq TEQKG va JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida, 1989 yilda tug‘ilgan, Urganch shahar, Gurlan ko‘chasida yashovchi R.M. shartli xaridor sifatida jalb qilingan M.M.ga 1 400 AQSH dollari evaziga 2002 yilda tug‘ilgan, Urganch shahar Namangan ko‘chasida ro‘yxatda turuvchi M.F. hamda 1999 yilda tug‘ilgan, Urganch shahar Proyektnaya ko‘chasida ro‘yxatda turuvchi M.A.ni 7 kunga Samarqand viloyatiga fohishalik qilib kelish uchun sotib, Xazorasp bekatiga borib M.M.dan pullarni olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro R.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 135-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
LiveBarchasi