Ayolni Turkiyaga fohishalikka yuborayotgan shaxslar ushlandi
3-sahifa
−
02 fevral 2021
9097Joriy yilning 29 yanvar kuni Toshkentda ayolni Turkiyaga fohishalik qilish uchun jo‘natayotgan ikki kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.
28 yoshli Shoira N. va 32 yoshli Nilufar R. “Muxlisa” ismli shaxsga Turkiyaning Istanbul shahrida fohishalik bilan shug‘ullanish orqali moddiy mablag‘ orttirishni taklif qilgan. Unga Istanbul shahriga borish uchun barcha yo‘l kira va boshqa xarajatlarini to‘lab berishlarini va’da qilib, Toshkent xalqaro aeroporti orqali jinoiy sheriklari hozirgi kunda Turkiya davlatida yashovchi Nargiza G. ismli shaxsning oldiga yuborayotgan vaqtlarida huquqni muhofaza qilivchi organ xodimlari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Shoira N. va Nilufar R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 135-moddasi 2-qismi “ye” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov davomida, fuqaro Shoira N. muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan sudlanib, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinib, afv etilganligi aniqlangan.
Hozirda, mazkur fuqarolar muqaddam ushbu turdagi jinoyatlarni sodir qilib, yurtdoshlarimizni chet elga shahvoniy niyatlarda yuborgan holatlari bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
LiveBarchasi