Xoramzda Captiva ag‘darildi. Qurbonlar bor
Jamiyat
−
21 dekabr 2019
7098Kecha, 20 dekabr kuni soat 15:45 larda Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Bog‘ot tumani hududidan o‘tgan 4R-163 “Bog‘ot-Yangiariq” avtomobil yo‘lining 12-km da, Bog‘ot tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan Yu.Sh. Captiva rusumli avtomobilini boshqarib ketayotganda, boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada avtomobil ag‘darilib ketgan.
YTH oqibatida avtomobil yo‘lovchilari, Bog‘ot tumanida yashagan, 1972 yilda tug‘ilgan M.O. va 1978 yilda tug‘ilgan B.Q.lar voqea joyida halok bo‘lgan. Bundan tashqari avtomobilning yana bir yo‘lovchisi, Bog‘ot tumanida yashovchi 1961 yilda tug‘ilgan B.Z. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, avtomobilning uch nafar yo‘lovchisiga kasalxonada ambulator yordam ko‘rsatilgan.