Xorazmda IIO xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Xorazm viloyatida IIB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi kichik inspektori ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yish evaziga pora talab qildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kichik inspektor o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, Xonqa tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kiradi va uning 2001 yilda tug‘ilgan tanishini ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yish evaziga 4500 AQSH dollari talab qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektor oldindan 1800 AQSH dollari va 2,4 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.

Bildirilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Uchtepa tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika katta inspektori fuqarodan 10 ming dollar olganda ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Xorazm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing