Xorazmda bir oila is gazidan zaharlandi. Ona va 10 yoshli qizi vafot etgan
Jamiyat
−
05 yanvar 2021
4194Kecha, 4 yanvar kuni soat 19:30 da Xorazm viloyati Bog‘ot tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limiga hududning Bog‘ot shaharchasi “Hurriyat” mahallasida yashaydigan 1989 yilda tug‘ilgan E.J. ning oila a’zolari olib kelingan. Dastlabki tekshiruvlar natijasida ularga is gazidan o‘tkir zaharlanish tashxisi qo‘yilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, yosh oila xonadon sohibi E. J. va uning turmush o‘rtog‘i P.D. 1989 yilda tug‘ilgan. Ularning qizi B.Ch. 2011 yilda, o‘g‘li B.B. 2013 yilda tug‘ilgan. Tez tibbiy yordam bo‘limiga olib kelinganda P.D. hamda uning qizi B.Ch. da biologik o‘lim aniqlangan.
Ayni paytda xonadon sohibi E. J. va o‘g‘li B.B. da is gazidan o‘tkir zaxarlanish miya shishi koma xolati aniqlanib, tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Favqulodda holat sodir bo‘lishidan ikki kun oldin E.J. xonadonida issiklik kozoni yangi o‘rnatilgan bo‘lgan.
LiveBarchasi