Xorazmda 83 tup daraxt yo‘q qilindi
Jamiyat
−
17 dekabr 2022
4840Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida 83 tup daraxt kesib tashlangani aniqlandi. Bu haqda Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda “Qo‘shko‘pir tumanida 100 dan ortiq daraxtlar kesib tashlanibdi” sarlavhasi ostida tarqalgan video murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazilgan.
Mazkur o‘rganish davomida tumanidagi “Rasulbek” fermer xo‘jaligi yer maydoni hududida 83 tup har xil kattalikdagi terak, jiyda hamda turong‘il daraxtlari qo‘porilgani, shu bilan birga 3 tup daraxt shikastlangani aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rish maqsadida xujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Avvalroq, Surxondaryo viloyati Boysun tumanida 51 tup daraxt noqonuniy kesib ketilgani yuzasidan Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi