Xorazmda 51 yoshli fuqaro YTH qurboni bo‘ldi
3-sahifa
−
26 noyabr 2020 4490 1 daqiqa
Xorazm viloyati Yangiariq tumanida yengil avtomobil va yuk mashinasi ishtirokchida ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB YHXB Axborot xizmati xabar qildi.
Kecha, 25 noyabr kuni Yangiariq-Urganch avtomobil yo‘lida 51 yoshli haydovchi Nexia-2 rusumli avtomashinasida 29 yoshli haydovchi boshqaruvidagi HOWO rusumli yuk mashinasiga bilan to‘qnashgan.
Natijada Nexia-2 haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Mashinada bo‘lgan yana bir 14 yoshli yo‘lovchi esa og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisaga HOWO rusumli yuk mashinasining Nexia-2'ga yo‘l bermasdan harakatlanishi sabab qilib ko‘rsatilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Yangiariq tumani IIB tomonidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Dinara Yusupova
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr