Xorazmda 20 yoshli qiz “samosud” qilindi

Jamiyat 77321
image

Ijtimoiy tarmoqlarda yosh qizni bir nechta ayollar tomonidan ayovsiz kaltaklangani va har xil kurakda turmas uyatli so‘zlar bilan haqorat qilingani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti vaziyatga rasmiy munosabat bildirdi.

Departamentning xabariga ko‘ra, voqea joriy yilning 24 iyul kuni soat taxminan 12:00 larda 26 yoshli I.O. (erkak) o‘zining tanishi 20 yoshli Yu.T. (ayol) bilan uchrashgan vaqtida sodir bolgan. Ushbu holatni I.O.ning turmush o‘rtog‘i 24 yoshli M.S.(ayol)ning dugonalari ko‘rgan va telefon orqali bu haqda M.S.ga xabar bergan. So‘ng 24 yoshli M.S. fuqaro Yu.T.(ayol)ni ushlab olib, turli xil uyatli so‘zlar bilan xaqorat qilib janjal qilishgan va yigitning ayoli fuqaro Yu.T.ni tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan.

Janjal vaqtida M.S.ning dugonalaridan biri o‘zining uyali telefon apparati orqali videotasvirga olib, keyinchalik mazkur videolavhani Telegram messenjeri orqali ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborgan. 

Hozirda sodir etilgan holat yuzasidan Gurlan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tergov departamenti fuqarolardan yuqoridagi kabi holatlarda o‘zboshimchalik bilan harakat qilib, xato qilganlarni o‘zlari jazolashga urinmasliklarini, belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlarini so‘ragan.

Hamda, mana shunday holatlar tasvirlangan videolavhalarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatayotgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 189-1-moddasi va Jinoyat kodeksining 130-1-moddalarida ko‘rsatilgan “Zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish” kabi ma’muriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi eslatib o‘tilgan.

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 2837
Reyting: 3
t
×