Xorazmda 19 yoshli kelin o‘zini osib o‘ldirgani bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

3-sahifa 59596
image

Avvalroq, Xorazm viloyati Shovot tumanida 19 yoshli kelin M.Q. uyidagi molxonasida o‘zini osib o‘ldirgani haqida xabar bergandik.  

Ushbu holat bo‘yicha Xorazm viloyat prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi. 

Unga ko‘ra, Shovot tumani, “Katqal’a” mahallasi, “Semrug” ko‘chasi, 45-uyda yashagan fuqaro Qadamboyeva Muxlisa Zafar qizi 2021 yil 01 aprel kuni soat 11:00 larda o‘z uyining qora mollarni saqlash xonasining yog‘och to‘siniga oq rangli shpagat ip bilan o‘zini o‘zi osib, o‘z joniga qasd  qilgan.

O‘lim sabablarini aniqlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy Markaziga sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, murda tekshiruvdan o‘tkazilgan. 

Dastlabki ekspert ma’lumotiga ko‘ra, fuqaro M.Qadamboyevaning o‘limiga o‘zini o‘zi osishi natijasidagi asfiksiya sabab bo‘lgan.

Marhuma 2020 yil oktyabr oyida 04.08.2001 yilda tug‘ilgan M.Yangiboyev bilan turmush qurib, uning oilasi bilan "Katqal’a" mahallasida istiqomat qilib kelgan. 

Shu bilan birga, dastlabki to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, fuqaro M.Qadamboyeva yoki uning oila a’zolari turmushi davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki mahalla fuqarolar yig‘iniga shikoyat qilishmagan. 

Turmush o‘rtog‘i M.Yangiboyev yoki oila a’zolari muqaddam sudlanmagan, notinch oila yoki boshqa bir holatlar yuzasidan ro‘yxatda turmaydi. 

Ta’kidlanishicha, hozirda Shovot tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, yakuni yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi. 

Viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari nazoratga olingan. 

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga ko‘ra, kelinning o‘zini osishiga qaynotasining do‘pposlagani sabab bo‘lgan. Kelin qo‘shnisidan 5 ming so‘m qarz olgani uchun mana shunday kelishmovchilik ro‘y bergan.

Rushana Sultonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 3589
Reyting: 3
Teglar
t
×