Xorazmda 19 yoshli kelin o‘zini osib o‘ldirdi. Uni qaynotasi do‘pposlagani aytilmoqda

3-sahifa

image

Xorazm viloyati Shovot tumanida 19 yoshli kelin M.Q. uyidagi molxonasida o‘zini osib o‘ldirdi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh Prokuraturasi QALAMPIR.UZ’ga xabar qildi.

2002 yil Shovot tumanida tug‘ilgan fuqaro M.Q. joriy yilning 1 aprel kuni soat 11:00 larda o‘z uyidagi qora mollarni saqlash xonasining yog‘och to‘siniga oq rangli ip bilan o‘zini o‘zi osib, joniga qasd  qilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga ko‘ra, kelinning o‘zini osishiga qaynotasining do‘pposlagani sabab bo‘lgan. Kelin qo‘shnisidan 5 ming so‘m qarz olgani uchun mana shunday kelishmovchilik ro‘y bergan.
  
O‘lim sabablarini aniqlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekseprtizasi ilmiy-amaliy Markaziga sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, murda tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Dastlabki ekspert ma’lumotiga ko‘ra, fuqaro M.Q. ning o‘limiga o‘zini o‘zi osishi oqibatidagi asfiksiya sabab bo‘lgan.

Marhuma 2020 yil oktyabr oyida 2001 yilda tug‘ilgan M.Ya. bilan turmush qurib, uning oilasi bilan “Katqal’a” mahallasida istiqomat qilib kelgan.
  
Shu bilan birga, dastlabki to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, fuqaro M.Q. yoki uning oila a’zolari turmushi davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va mahalla fuqarolar yig‘iniga shikoyat qilmagan.
  
Uning turmush o‘rtog‘i M.Ya. yoki oila a’zolari muqaddam sudlanmagan, notinch oila yoki boshqa bir holatlar yuzasidan ro‘yxatda turmaydi.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, yakuni yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1300

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing