Xorazmda 12,5 ming iste’molchi “svet”siz qoldi

Jamiyat

image

Xorazm viloyatining 5 ta tumanida kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari ham elektr ta’minotidan uzildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 12:15 da yuz bergan kuchli yomg‘ir tufayli 6-10 kVʼli 41 ta elektr uzatish tarmog‘i 78 MVt quvvat bilan avariyaviy o‘chgan.

Oqibatda Hazorasp, Bog‘ot, Xonqa, Qo‘shko‘pir va Yangiariq tumanlari iste’molchilari qisman (12 ming 500 ta) va kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr ta’minotidan uzilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda kuchli shamol tufayli 50 mingdan ortiq iste’molchi “svet”siz qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm “svet”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing