Xorazmda 10-sinf o‘quvchisi  sodir etgan YTHda 3 kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 6 may kuni Xorazm viloyatining Urganch tumanida maktab o‘quvchisi boshqargan avtomobilning yo‘l-transport hodisasiga uchrashi natijasida uch kishi halok bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, soat 15:30 larda haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan maktab o‘quvchisi E.B. Lacetti’ni Urganch tumani hududidan o‘tgan 4P-162 sonli katta aylanma yo‘li bo‘ylab boshqarib ketayotib, yo‘lning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketgan va Damas bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Oqibatda uch kishi halok bo‘lgan, yana ikki fuqaro turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Urganch tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksi 266-modda (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

358

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing