Xorazmda “hunar ko‘rsatgan” to‘y korteji haydovchilari jarimaga tortildi (video)
Jamiyat
−
02 iyun 2021
10737Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida Malibu va Captiva avtomobillaridan iborat to‘y korteji “ilon izi” bo‘lib harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Viloyat IIB holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Ushbu voqea joriy yilning 28 may kuni Hazorasp tumanida bo‘lib o‘tgan to‘y tadbirlari doirasida sodir bo‘lgan. Qoidabuzarlikni sodir etgan 10 dan ortiq haydovchiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1285-moddasining ikkinchi qismi va 129-moddasining birinchi qismi bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ularning har biriga BHMning 10 baravari (2 mln 450 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, MJtK 1285-moddasining ikkinchi qismida transport vositalari haydovchilarining yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqqanlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarima jazosiga tortiladi.
LiveBarchasi