“Xorazmcha tender”: 225 mln so‘mlik tenderni Urganch tuman SEOM rahbarining ukasi yutdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
“Andijoncha tender”: viloyatda qarindoshlar bir necha milliardlik davlat buyurtmalarini bo‘lib olgan north_east

“Andijoncha tender”: viloyatda qarindoshlar bir necha milliardlik davlat buyurtmalarini bo‘lib olgan

Xorazm viloyati Urganch tumani SEOM tomonidan o‘tkazilgan tenderda rahbarning ukasiga tegishli korxona g‘olib chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Xorazm viloyati boshqarmasi Urganch tuman bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Ikrom Boltaboyevich Ataniyazov tayinlanganiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Bu lavozimda 2020 yilning noyabridan beri ishlab keladi.

Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Xorazm viloyati boshqarmasi Urganch tuman bo‘limi tomonidan joriy yil 26 martda e’lon berilib, bo‘lim binosi va xojatxonasini joriy ta’mirlash uchun joriy yil 7 aprel sanasida tanlov o‘tkazilgan.

Komissiya qiymati 225,5 mln so‘m bo‘lgan binoni joriy ta’mirlash uchun “JK” MCHJni g‘olib sifatida tanlab oladi. O‘rganish davomida mazkur korxona ustav fondidagi ulushlari, yuridik shaxslar reyestriga ko‘ra, to‘lig‘icha bo‘lim boshlig‘i Ikrom Boltaboyevich Ataniyazovning ukasiga tegishli ekani kuzatilgan.

Ma’lum qilinishicha, Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Xorazm viloyati boshqarmasi Urganch tuman bo‘limigi nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi.

Ishni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, tanlov savdosi bekor qilindi va “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 178-qism 6-qismiga muvofiq rasmiylashtirilgan ma’muriy ish xujjatlari tegishli sud organiga o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 iyuldagi “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6019-sonli Farmoniga muvofiq oshkoralikni ta’minlash va davlat xaridi tartib-taomillarini yanada takomillashtirish maqsadida, 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab Farmonning 2-bandiga asosan, davlat buyurtmachisi, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyati va korxonasi bilan manfaatlar to‘qnashuviga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt davlat xaridlarini yoki eng yaxshi takliflarni tanlab olishning yoxud to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar ishtirokchisi bo‘lishi mumkin emas.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunining 40-moddasida “Davlat xaridlari jarayonida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilmaydi”, deb belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, bu “Xorazmcha tender”larning birinchisi emas. O‘tgan 2020 yilning dekabrida viloyat “zamhokim”ining ukasi 20 milliard so‘mlik davlat buyurtmasini yutgani ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing