Xorazm viloyati SSBga boshliq tayinlandi

Jamiyat

image

Ko‘palbay Tangriberdiyev Raimberdiyevich Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Bunga qadar Ko‘palbay Tangriberdiyev Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Ko‘palbay Tangriberdiyev 2000 yilda 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filialini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filiali "Gospital terapiya" kafedrasi assistenti sifatida boshlagan.

Turli yillarda Xorazm viloyat kardiologiya markazi shifokori, Xonqa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari va boshlig‘i kabi lavozimlarda ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga 2023 yil aprelidan buyon Sodiqjon Sodiqov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

tayinlov Xorazm viloyati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing