Xorazm viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston
−
07 Mart 2022 13096 1 daqiqa
Sherzod Bekberganovich Ismoilov Xorazm viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi. Bu haqda Xorazm viloyati hokimining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.
Sherzod Ismailov hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.
Sherzod Ismailov tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasining Indoneziyadagi elchixonasi savdo iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr