Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosarining ukasi yutgan tender bo‘yicha kutilmagan qaror qabul qildi

Jamiyat

image

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov 20,4 mlrd so‘m sarflangan Urganch shahridagi “Perinatal markazini qayta ta’mirlash” ob’ektini foydalanishga qabul qilish bo‘yicha hududiy davlat komissiyasi raisini o‘zgartirdi.

Viloyat hokimi qarori bilan Urganch shahridagi “Perinatal markazini qayta ta’mirlash” ob’ektini foydalanishga qabul qilish komissiyasi raisi B.Qurbonov bilan bosh pudratchi tashkilot rahbari o‘rtasida affillanganlik xususiyatiga ega aloqalar mavjud bo‘lganligi sababli, ushbu ob’ektni foydalanishga qabul qilish hududiy davlat komissiyasi raisi qilib, Urganch shahar hokimi O.Xolboyev belgilandi.

Davlat komissiyasi (O.Xolboyev)ga belgilangan tartibda ob’ektni o‘rganib chiqish, dalolatnomalarni rasmiylashtirish va viloyat hokimligiga tegishli qaror loyihasini kiritish topshirildi.

Ma’lumot uchun, Urganch shahridagi Perinatal markazini qayta ta’mirlash uchun 20,4 mlrd so‘m ajratilgan. Davlat buyurtmasi uchun o‘tkazilgan tenderda esa tender komissiyasi raisi B.Qurbonovning ukasiga tegishli kompaniya g‘alaba qozongan.

Prokuratura mazkur holatni o‘rganib, tender halol o‘tkazilganini, jinoyat ishi ochish uchun asos yo‘qligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

933

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing