Xorazm viloyat SSB boshlig‘i o‘zgardi
Jamiyat
−
18 dekabr 2020
8065Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xojiboyevning tegishli buyrug‘i bilan Inoyat Sa’dullayevich Hajiyev Xorazm viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
Hojiyev tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati filiali rahbari vazifasida ishlab kelgan.
Inoyat Hojiyev o‘z faoliyati davomida Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi, keyinchalik yangi tashkil qilingan Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasining raisi kabi mas’ul lavozimlarda ham faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo vilya SSBga yangi rahbar tayinlangandi.
LiveBarchasi