Xorazm va Navoiyda maksimal havo haroratining absolyut rekordi yangilandi

Bu qiziq

image

Joriy yilning 22 iyul kuni O‘zbekistonning Xorazm va Navoiy viloyatlarida meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun maksimal havo haroratining absolyut rekordlari yangilandi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.

Markaz ma’lumotiga ko‘ra, 22 iyul kuni Xorazm viloyatining Tuyamo‘yin hududida +47,5 daraja qayd etilgan. Navoiy viloyatining Uchquduq hududida 46,3 daraja issiq kuzatilgan.

Ma’lumot uchun, butun meteorologik kuzatuvlar tarixi uchun O‘zbekistonda haroratning eng yuqori qiymatlari (+50 daraja atrofida) Qizilqum cho‘li va Termiz shahrida qayd etilgan.

Toshkentda maksimal harorat 1997 yil 18 iyulda o‘rnatilgan (+44,6 daraja).


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

1286

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing