Xorazm va Navoiyda kuchli chang bo‘roni uylarning tomini uchirib ketdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 21 may kuni Xorazm va Navoiy viloyatlarida kuchli chang bo‘roni sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xorazm viloyati Urganch shahar hududida soat 10:45 da Urganch shahar Abulg‘ozi Bahodirxon ko‘chasidagi uyning taxminan 70 metr kvadrat maydonda tom yopma qoplamasini shamol avtoturargohga uchirib ketgan. Oqibatda Gentra rusumli avtomobilga qisman zarar yetgan. 

Shuningdek, Urganch tumani “G‘alaba” MFYdagi xususiy uyning taxminan 80 metr kvadrat maydonda uyini shifer qoplamasini shamolda uchib, yerga qulab tushgan. Voqea joyida tan jarohati olganlar yo‘q. 

Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida kuzatilgan kuchli shamol “Do‘stlik” MFYda joylashgan uyning taxminan 5 kvadrat metr, “Yo‘lchilar” MFYdagi 2 ta xonadonning taxminan 4 kvadrat metr tom qismining shifer va tunukalarini uchirgan. 

Ushbu hodisa oqibatida aholini tan jarohati olishi bo‘yicha FVV tarkibiy tuzilmalari va tibbiyot muassasalariga murojaatlar kelib tushmagan.

“Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi 21-23 may kunlari respublikamizda kuchli shamol va yog‘ingarchiliklar yuzaga kelishi munosabati bilan aholini  kuchli shamol oqibatida xonadonlar, ijtimoiy-iqtisodiy ob’ektlarning bino va inshootlari tom qoplamalarini uchirishi, tashqi reklama konstruksiyalari hamda daraxtlarni ag‘darishi yoki sindirishga olib kelishi bilan bog‘liq xavflar yuzaga kelishi, tog‘li va tog‘oldi hududlarida sel hamda toshqinlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar keltirib chiqarishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantiradi”, deyiladi xabarda.

Aytish joizki, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida ham kuchli chang bo‘roni ko‘tarilgan.  


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

135

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing