Xorazm va Farg‘onada mansabdorlar pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
03 fevral
8666Xorazm va Farg‘ona viloyatlarida olib borilgan tezkor tadbirda ikki mansabdor pora bilan ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Xususan, Xorazm viloyatining Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaroning ishonchiga kirib, boshqa bir fuqaroga tegishli bo‘lgan va Urganch shahrida aholiga transport xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan MCHJga qarashli 960 metr kvadrat bo‘sh yer maydonini kadastr idoralaridagi tanishlari orqali uning nomiga o‘tkazib, u yerda ko‘p qavatli turar-joy qurishi uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 135 ming AQSH dollari talab qilgan. U shundan 80 ming AQSH dollarini oldindan olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasining (pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Farg‘ona viloyatida Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Yozyovon tumani bo‘limi bosh mutaxassisi xizmat mavqeidan foydalanib, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida pudratchi korxonaning reyting ballarini ko‘tarish hamda tenderga taqdim qilish maqsadida, haqiqatda mavjud bo‘lmagan qurilish texnikalarining texnik pasporti va yorliqlarini tayyorlab berish evaziga 8700 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyati Chortoq tumani prokurorining katta yordamchisi pora bilan qo‘lga tushgandi.
LiveBarchasi
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart