Xorazm MIBga yangi boshliq tayinlandi
Jamiyat
−
17 fevral
9196Jumanazar Jumaniyozov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot o‘rnida, Jumanazar Jumaniyozov 1981 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan, oliy ma’lumotli huquqshunos. Mehnat faoliyati davomida Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar, Xorazm hamda Toshkent viloyatlari boshqarmalarida inspektor, katta inspektor, bo‘lim boshlig‘i, Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Mazkur tayinlovga qadar, u Byuroning Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Unga qadar, 2020 yilning 17 noyabr oyidan buyon ushbu lavozimda Muxambetali Babatayev ishlab kelayotgan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr