Xorazm IIBga yangi boshliq tayinlandi
Jamiyat
−
11:23 1689 1 daqiqa
Bugun, 5 sentyabr kuni Oybek Abdukarimovich Kaimxo‘jayev Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligining axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, podpolkovnik Oybek Kaimxo‘jayev tayinlovga qadar Toshkent shahar Yashnobod tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. U 2021 yilda mazkur lavozimga tayinlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Bahodirovich Samadov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlangandi.
Live
Barchasi