Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 5 sentyabr kuni Alisher Bahodirovich Samadov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli farmonni imzoladi.

Ma’lum qilinishicha, Alisher Samadov yangi lavozimga o‘tishi munosabati bilan hozirda faoliyat yuritib kelayotgan O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etilgan.

Ma’lumot uchun, Alisher Samadov O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i lavozimida 2025 yil iyul oyidan beri ishlab kelardi. U mazkur lavozimga Prezident tomonidan tayinlangan.

Bungacha esa Samadov Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ish olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Muxsinxo‘ja Tursunxo‘jayevich Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar