Xoniyaning janozasi qachon va qayerda o‘tkazilishi aytildi

Olam

image

HAMAS harakati Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniyaning dafn marosimi kelasi juma, 2 avgust kuni Dohada o‘tkaziladi. Bu haqda harakatning tegishli bayonotida so‘z boradi. 

“Ismoil Xoniya bilan rasmiy va milliy xayrlashuv marosimi 1 avgust, payshanba kuni Eron poytaxtida bo‘lib o‘tadi”, deyiladi xabarda.

Bayonotda aytilishicha, “ertasiga HAMAS yetakchisining jasadi Tehrondan Qatar poytaxtiga yetkaziladi”.

“Janoza namozi va dafn marosimi 2 avgust, juma kuni Dohada aholi, Falastin fraksiyalari hamda arab va islom davlatlari yetakchilari ishtirokida bo‘lib o‘tadi”, deyiladi xabarda.

Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy matbuot xizmati xabariga ko‘ra, dafn marosimining boshlanishi va Xoniyaning ruhini orom qilish uchun umumiy duoda Islom Respublikasi rahbari imomlik qiladi. Tadbir payshanba kuni ertalab Tehron universitetida bo‘lib o‘tadi. 

Ayni paytda Eron poytaxtida minglab odamlar HAMASni qo‘llab-quvvatlab, Isroil harakatlarini qoralagan mitinglar o‘tkazmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

janoza HAMAS Xoniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing