Xonda “MYU”da tekinga o‘ynamoqchi
Sport
−
28 Sentabr 2019
3442Moskvaning SSKA futbol klubining sobiq yarimhimoyachisi yaponiyalik Keysuke Xonda "Manchester Yunayted" jamoasida o‘ynashni xohlamoqda va buni bepul amalga oshirishga tayyor. 33 yoshli futbolchi bu haqda bugun, 28 sentyabr kuni o‘z Twitter`da yozib qoldirgan.
"Menga pul kerak emas, lekin ajoyib jamoa va ajoyib jamoadoshim bilan o‘ynashim kerak!", deb yozadi futbolchi va shuningdek, Manchester jamoasidan unga tegishli taklif qilishni so‘raydi.
Ma’lumot uchun Keysuke Xonda 1986 yilda Yaponiyada tug‘ilgan. U faoliyatini mahalliy "Setsu" futbol klubida boshlang‘ich maktabning ikkinchi sinfida o‘qiyotganida boshlagan. Keyinchalik u "Gamba Osaka" yoshlar jamoasiga kirdi, u yerda bir necha yil yashadi, ammo yoshlar jamoasiga taklif olmadi va oddiy o‘rta maktabga o‘tdi.
Keysuke Yaponiya o‘rta maktab kubogi yarim finaliga chiqqanidan keyin ko‘plab Yaponiya jamoalari skautlarining e’tiborini tortdi. 2004 yilda u maktab o‘quvchisi bo‘lgan va Yaponiya futbol federatsiyasining maxsus ruxsatini olganidan so‘ng "Nagoya Grampus" o‘quv klubiga qo‘shilgan. Xuddi shu mavsumda Xonda Yaponiya Ligasi kubogi doirasidagi rasmiy o‘yinlarda debyut qildi.
2005 yilda Xonda "Nagoya Grampus" bilan professional shartnoma imzoladi va keyingi yil mustahkam tayanch o‘yinchiga aylandi. U shuningdek, 2010-2013 yillarda Moskvaning SSKA jamoasida o‘ynagan.