Xonanda Zohid komada. SSV dahshatli YTH bo‘yicha ma’lumot berdi

Madaniyat-san’at

image
“Ummon” guruhi solisti Zohid YTH uchradi. Uning ahvoli og‘irligi aytilmoqda north_east

“Ummon” guruhi solisti Zohid YTH uchradi. Uning ahvoli og‘irligi aytilmoqda

Avvalroq “Ummon” guruhi sobiq solisti Zohid Rixsiyev YTH uchragani haqida xabar bergan edik. Bugun Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Xabarda qayd etilishicha, Zohid Rixsiyev hozir jonlantirish bo‘limida bo‘lib, sun’iy nafas olish apparatiga ulangan va hozirda u koma holatida.

“Poytaxtimizdagi davolash muassasasiga olib kelingan avtomashina boshqaruvchisi Z.R.ga “Bosh miya ochiq jarohati. Bosh miya lat yeyishi. Bosh tepa sohasining ezilib yirtilgan jarohati. Chap yelka sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi. Koma 1-2 daraja” tashxisi qo‘yilgan. 

Tibbiyot xodimlari tomonidan bemor boshidagi jarohatga birlamchi jarrohlik ishlovi berilgan. Og‘riqsizlantirilib, IVL appartiga ulangan. Bosh qismi MSKT, ichki a’zolari esa UTT kabi barza zaruriy tekshiruvlardan o‘tkazilgan. Ayni paytda Z.R. jonlantirish bo‘limida. Sun’iy nafas olish apparatiga ulangan. Unga barcha tegishli tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, avtomobilda bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchilar haqida ham ma’lumot berilgan bo‘lib. Ulardan birining ahvoli o‘rta og‘ir darajada, ikkinchisiga birinchi yordam ko‘rsatilganidan so‘ng ambulator sharoitda davolanishi uchun uyiga javob berilgan.

“Bosh miya ochiq jarohati. Bosh miya lat yeyishi. Bosh tepa sohasining ezilib yirtilgan jarohati. Ko‘krak qafasi lat yeyishi” diagnozi qo‘yilgan yo‘lovchi J.Y. ham jonlantirish bo‘limida zarur davo muolajalarini olmoqda. Uning ahvoli o‘rta og‘ir. Xushida.

Bemor J.I da esa “Bosh miya yopiq jarohati. Bosh miya chayqalishi. Chap tomon yuqori qovoq, o‘ng tomon jag‘ osti va bo‘yin sohalari ezilib yirtilgan jarohatlari” aniqlangan. Unga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilib, zarur muolajalar o‘tkazilgach, ahvoli qoniqarli bo‘lgani  uchun ambulator sharoitda davolanishi uchun uyiga javob berildi”, deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

Ma’lumot o‘rnida, kecha, 29 sentyabr kuni taxminan soat 23:00 larda 1990 yilda tug‘ilgan Z.R. o‘zining boshqaruvidagi BMW rusumli transport vositasida Ahmad Donish ko‘chasidan Yangishahar ko‘chasiga qarab harakatlanayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotgan va avtohalokatga uchragan. Avtomobilda bo‘lgan ya’na bir yo‘lovchi 1994 yilda tug‘ilgan X.S. esa voqea joyida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1047

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing