Xonanda Riannaning uyi o‘qqa tutildi (video)

Madaniyat-san’at

image

AQSHning Los-Anjeles shahrida amerikalik xonanda Riannaning uyi mashina ichidan turib o‘qqa tutildi. Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda xonanda uyda bo‘lgan. Bu haqda Los-Anjeles politsiyasiga tayanib, NBC News xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 8 mart kuni tushdan keyin Riannaning Beverli-Xillz yaqinidagi uyiga bir ayol boshqarayotgan mashina yaqinlashgan. Huquq-tartibot idoralari talqiniga ko‘ra, gumonlanuvchi miltiqdan o‘t ochgan. To‘rtta o‘q yoki ularning parchalari binoning bir qismiga tekkan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

O‘q uzganlikda gumon qilingan ayol qo‘lga olingan. Hozircha uning ismi oshkor etilmagan. Qayd etilishicha, hip-hop yulduzi A$AP Rokki xonanda bilan birga yashaydi. Rianna voqea paytida uyda bo‘lgan bo‘lsa-da, o‘sha paytda A$AP Rokki yoki juftlikning farzandlari ichkarida bo‘lganmi yoki yo‘qmi noma’lum.

O‘q uzish ishi bo‘yicha tergovni Los-Anjeles politsiya departamentining talonchilik va qotilliklarni tergov qilish bo‘yicha elita bo‘linmasi olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Maxfiy xizmati 20 yoshli erkakni Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohi hududiga ruxsatsiz kirishga uringani uchun otib o‘ldirgandi. Hodisa vaqtida qarorgohda hech kim bo‘lmagan, Prezident Donald Tramp Vashingtonda bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Los-Anjeles Rianna A$AP Rokki

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing