Xonanda MakSim 1,5 oy deganda sun’iy komadan chiqarildi
Madaniyat-san’at
−
03 avgust 2021 13573 1 daqiqa
Shifokorlar xonanda MakSimni (Marina Maksimova) taxminan bir yarim oy davom etgan tibbiy komadan chiqarishdi. Bu haqda bugun, 3 avgust kuni MakSimning menejeri Margarita Sokolova xabar berdi.
“Marina xushida, u o‘ziga keldi. Albatta, u [shifokorlar bilan] muloqot qilyapti. Uning fikri tiniq va joyida”, deydi u.
Keyinroq xonandaning PR-menejeri Yana Bogushevskayaning aniqlik kiritishicha, MakSim sun’iy nafas oldirish apparatidan uzilgan va uning o‘zi mustaqil nafas olmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 iyun kuni 38 yoshli qo‘shiqchi o‘zining Instagram sahifasida shamollash alomatlarini his qila boshlaganini, keyin uning harorati 39 darajaga ko‘tarilganini aytgan edi. Uning ahvoli yaxshilanmadi va koronavirusga qarshi testlar salbiy natijalarni ko‘rsatdi. 19 iyunga kelib esa MakSim pnevmoniya bilan kasalxonaga yotqizildi va sun’iy komaga tushirildi.
Durdona Pirnazarova
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel