SSV, Davlat qayerga qarayapti? - Xonanda Kaniza koronavirusga chalinganini ochiqladi (video)

Madaniyat-san’at

O‘zbek shou-biznesi vakili xonanda Kaniza koronavirusga chalindi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Xonanda uyda davolanayotganini aytib, sog‘liqni saqlash tizimidan noroziligini bildirgan. Negaki, fuqarolarga maslahat berish uchun ishga tushirilgani aytilgan Call-markazlar xonandani sarson qilgan.

“Sog‘liqni saqlash vazirligi qayerga qarayapti bilmadim. “Skorыy”ga telefon qilyapmiz, it bitga buyurib yotibdi. Call-markazga tushdingiz, 1105 ga telefon qiling, deydi. Unga telefon qilsak, 1003 ga telefon qiling deydi. Unisi bunga, bunisi unga, oxiri 103 ga telefon qiling deydi. Lekin tez yordam kelmaydi. O‘lsang, o‘laverakan. Davlat, vazirlik qayerga qarayapti?”, deya tizimning nobopligidan shikoyat qilgan Kaniza.

U koronavirusga testni pul to‘lab topshirish befoyda ekanini, faqatgina burun va tomoqdan olinadigan surtmada aniq javob chiqarib berilishini aytib o‘tgan.

“Testga borib, topshirib yurmanglar. Topshirsangiz burun va tomoqdan topshiring. Aniq javob chiqar ekan. Biz topshirganimizda koronavirus chiqmadi, qaytangi 350 ming pulingiz ketarkan. Keyin amallab topdik (burun va tomoqdan olinadigan test – tahr.) uni ham. Har joyda emas ekan, ko‘p joylardan olib tashlangan” deydi xonanda test topshirish tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganidan nolib.

Xonanda shou-biznesning boshqa vakillari ham koronavirusga chalinganini aytib, aniq ismlarga to‘xtalib o‘tmagan. U barchaga salomatlik tilab, karantin qoidalariga rioya qilishga chaqirgan.

“Sog‘ bo‘linglar. Karantinga rioya qilinglar. Dorilarni olib, davolanayotganimda 8-kuni judayam mazam qochyapti. O‘zimni boshqara olmayapman. “Skorыy”da xo‘ja ko‘rsinga o‘tirganlarga insof bersin”, deya so‘zini yakunlagan xonanda.


Maqola muallifi

Teglar

Kaniza

Baholaganlar

3259

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing