Kanizani haqorat qilgan talaba jarimaga tortildi (video)

Madaniyat-san’at

image

Xonanda Kanizani Instagram orqali haqorat qilgan qashqadaryolik talaba sudlandi va 6 million 600 ming so‘m jarimaga tortildi. Ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida ko‘rib chiqildi.

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, yigit uni bir oy davomida tinimsiz ijtimoiy tarmoqlar orqali haqoratlab kelgan.

“G‘ururi bor inson oilasini, ota-onasini yoki bolasini gapirgandan keyin “paqqillab”  ketadida”, dedi Kaniza.

Talaba ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topildi va bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari miqdorida jarimaga tortildi. Shuningdek, sud ma’lumotlariga ko‘ra, agar ayblanuvchi belgilangan jarimani 15 kun ichida to‘lasa, uning 50 foizidan ozod bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, Kaniza ushbu ish bo‘yicha Prezident chiqargan ayrim qarorlar kuchga kirmagani, uni ba’zi mas’ul xodimlar nazarga ilmayotgani haqida gapirib, ijtimoiy tarmoqlarga video joylagan edi. Shundan so‘ng ish ko‘rib chiqilgan va sudga oshirilgan.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Kaniza

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing