Xoland “Real”ga o‘tadimi? Gvardiola javob berdi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumchi Erling Xolandning shartnomasida “Real Madrid”ga transfer qilinishi mumkinligi to‘g‘risida band borligini rad etdi. Bu haqda Gvardiolaning so‘zlariga tayanib, jurnalist, insayder Fabritsio Romano xabar berdi

“Xolandning shartnomasida “Real”ga o‘tishi haqida hech qanday band yo‘q. Bunday xabarlar to‘g‘ri emas. Men unining “Manchester Siti”da nihoyatda baxtli ekanini his qilyapman”, degan Pep Gvardiola.

Avvalroq, OAVda Erling Xolandning “Siti” bilan shartnomasida 2024 yildan boshlab, 150 million yevrolik tovon puli evaziga Machester klubini tark etish imkoniyati borligi yozilgani haqida xabarlar tarqalgandi. “Real Madrid” esa ushbu banddan foydalanib, Xolandni sotib olishga urinib ko‘rishi aytilgandi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Erling Xoland “Siti” safida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi. “Transfermarkt” portali norvegiyalik hujumchini 150 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Xosep Gvardiola Erling Xoland “Manchester Siti” “Real Madrid”

Baholaganlar

36

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing