“Real”da Xolandni sotib olish imkoni borligi ma’lum qilindi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi ikki yildan so‘ng Erling Xolandni taklif qilish rejasi ustida bosh qotirmoqda. Bu haqda “As” nashri ommaga ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” klubi joriy mavsumda 21 yoshli hujumchini sotib olish uchun da’vogarlardan biri edi. Biroq norvegiyalik futbolchi oxir-oqibat “Borussiya Dortmund”dan “Manchester Siti”ga o‘tdi va 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Gap shundaki, Xolandning “Siti” bilan imzolagan shartnomasida 2024 yildan boshlab 150 million yevro evaziga istalgan klub sotib olishi mumkinligi to‘g‘risidagi band kuchga kiradi. 

“Qaymoqranglilar” rahbariyati Erling va “shaharliklar” o‘rtasidagi shartnomaning aynan mana shu bandidan foydalanib qolmoqchi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda norvegiyalik hujumchi Germaniya Bundesligasida 20 ta o‘yinda qatnashib, 18 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, norvegiyalik hujumchi Chempionlar ligasining uchta o‘yinida uchta gol urdi. “Transfermarkt” portali norvegiyalik iqtidor egasini 150 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

41

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing