Xoland futbolda kimdan o‘rnak olishini aytdi
Sport
−
21 noyabr 2023
6820“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduni o‘zining ilhom manbai ekanini ma’lum qildi.
23 yoshli Xoland dunyoning eng kuchli hujumchilaridan biri hisoblanadi. Dortmundning “Borussiya” klubi sobiq futbolchisi 2022 yilning yozida “shaharliklar” safiga kelib qo‘shilgandi.
“Esimda, doim Krishtianu Ronalduning o‘yinini, jarima maydonchasidagi harakatlarini kuzatardim. U o‘ziga kerakli pozitsiyani egallashdan oldin ikki-uchta harakat qiladi. U markaziy himoyachi bilan kurashardi. Ronaldu o‘z o‘yinini rivojlantirdi. U “Manchester Yunayted”da va Madriddagi dastlabki yillarida qanday harakat qilganini, markaziy hujumchiga aylanguniga qadar qanday o‘zgarganini eslang”, deydi Xoland.
“Shaharliklar” safiga o‘tganidan keyin Erling Xoland 71 o‘yinda maydonga tushib, 69 gol urdi va 13 golga assistentlik qildi. Joriy mavsumda Xoland 16 o‘yinda 17 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
LiveBarchasi