Xodimlarini urgan bog‘cha mudirasi jazolandi (video)

3-sahifa

image

Andijonda xodimlariga qo‘pol munosabatda bo‘lib, ularni urgan bog‘cha mudirasi jazoga tortildi. Bu haqda Andijon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat joriy yilning 19 iyun kuni viloyatning Andijon shahridagi 6-Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan.

Keltirilishicha, ushbu holatda pedagogik etika qoidalariga zid harakatlarga yo‘l qo‘yganligi uchun Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari M.A.ga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Bundan tashqari, tashkilot mehnat jamoasiga faoliyat davomida pedagogik madaniyat me’yorlariga rioya etish zarurligi hamda ta’lim imijiga salbiy ta’sir etuvchi yuqoridagidek vaziyatlarga qayta yo‘l qo‘ymasliklari lozimligi to‘g‘risida ogohlantirishlar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda bog‘cha mudirasi metodistning boshini bokal bilan urib, yorgandi. Shuningdek, Andijonda bog‘cha mudirasi o‘zini osib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

bog'cha mudirasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar