Ohangaronda bog‘cha mudirasi MMTB boshlig‘i bilan janjallashdi (video)
3-sahifa
−
03 noyabr 39249 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Ohangaron tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i hamda tumandagi 35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, bo‘lim boshlig‘i S.M. hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori X.A. o‘rtasidagi janjalli vaziyat joriy yilning iyul oyida sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, X.A. ish faoliyati davomida turli qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ygan. Bo‘lim boshlig‘i S.M. tomonidan ogohlantirishlar berilganida X.A. kamchiliklarni tan olmay, janjalli vaziyatni keltirib chiqargan.
“Holat viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari tomonidan atroficha o‘rganilib, qonunda belgilangan tartibda ta’sir choralari ko‘rildi. Jumladan, maktabgacha ta’lim muassasasi direktori X.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ohangaron tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 31-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari davlat tomonidan bolalarga ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlarini talon-toroj qilgandi.
Live
Barchasi