Xodimlarini so‘kib, haqorat qilgan viloyat SEOM rahbari ishdan bo‘shatildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda xodimlarini o‘z kabinetida so‘kayotgan rahbarning videosi tarqaldi. Tez orada video “qahramoni” Toshkent viloyati Sanitariya -epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh vrachi Baxtiyor Boltaboyev ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi holat bo‘yicha munosabat bildirib, nomunosib rahbar ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi.

Bugun, 2 iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan o‘rganildi. Viloyat Sanitariya -epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrachi Baxtiyor Boltaboyevning qo‘l ostidagi xodimlari bilan o‘ta qo‘pol va axloqiy me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydigan tarzdagi suhbati  muhokama qilinib, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rildi.

Bosh vrach Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, mazkur agentlik direktori Bahodir Yusupaliyevning tegishli bo‘yrug‘i bilan o‘z vazifasidan ozod etildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati SEOM

Baholaganlar

584

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing