Xodimlarga ta’til berish tartibini bilasizmi?
Jamiyat
−
10 may 2019
15383Ta’til berish vaqti haqida xodim ta’til boshlanishidan kamida o‘n besh kun oldin xabardor qilinishi kerak. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.
Quyidagi xodimlarga ta’til ularning xohishiga ko‘ra yozgi yoki ular uchun qulay bo‘lgan boshqa vaqtda berilishi kerak:
• o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bitta yoki undan ortiq bolani (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolg‘iz ota, yolg‘iz onaga (beva erkaklar, beva ayollar, nikohdan ajrashganlar, yolg‘iz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga;
• I va II guruh nogironlariga;
• 1941 – 1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari bo‘yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
• o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga;
• ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qiyotganlarga;
• jamoa shartnomasi, kelishuvida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ishlayotgan erkaklarga yillik ta’til ularning xohishlariga binoan xotinlarining homiladorlik va tug‘ish ta’tili davrida beriladi.
Ta’tildan foydalanishning jadvalda belgilangan vaqti xodim bilan ish beruvchining kelishuviga binoan o‘zgartirilishi mumkin.
LiveBarchasi