Xiva Turk dunyosining madaniy poytaxti bo‘lishi kutilmoqda
Jamiyat
−
17 Sentabr 2019
52422020 yilda O‘zbekistonning Xiva shahri Turk dunyosining madaniy poytaxti deb e’lon qilinishi kutilmoqda. Shahar ushbu nomga da’vogarlar ro‘yxatidan o‘rin olgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi Jahongir Xidayxodjayev ma’lum qildi.
Turk dunyosi madaniy poytaxti sifatida har yili Turkiy tilli davlatlar shaharlaridan biri tanlab olinadi. 2018 yil ushbu nom Turkiyaning Kastamonu shahriga nasib etgan edi. 2019 yilda esa bu maqomga Qirg‘izistonning O‘sh shahri egalik qilmoqda.
Mazkur maqom Turksoy xalqaro madaniyati tashkiloti tomonidan beriladi. Tashkilot Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston ishtirokida1993 yil 12 iyulda tashkil topgan. Uning bosh qarorgohi esa Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan. Hozirgi vaqtda tashkilotga 13 mamlakat a’zo.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval Buxoro shahri 2020 yilda “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilingan edi. 2007 yil ushbu maqom poytaxt Toshkentga nasib qilgan.
LiveBarchasi