Xiva xonligi va Buxoro amirligi davriga oid buyumlarni sotayotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Xorazm viloyatining Urganch shahrida Xiva xonligi va Buxoro amirligi davriga oid tangalarni sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 13 fevral kuni Urganch tumanida yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro Q.B. Xiva xonligi davriga oid 2 dona, Buxoro amirligi davriga oid 1 dona tangalarni tanishiga 5000 AQSH dollariga sotayotgan paytida ushlangan. 

Shundan so‘ng, gumondorning uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, u qadimiy eksponatlarni saqlab kelayotgani aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda XIX asr oxiriga oid oltin tangani 100 000 AQSH dollariga sotayotgan shaxslar qo‘lga olingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

tanga Xiva xonligi Buxoro amirligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing