Xitoyning sobiq tashqi ishlar vaziri o‘z joniga qasd qilgan yoki qiynoqlardan vafot etgan – “Politico” 

Olam

image

2023 yil iyul oyida lavozimidan chetlashtirilgan sobiq Xitoy Tashqi ishlar vaziri Sin Gan qiynoqlardan so‘ng Pekin harbiy shifoxonasida vafot etdi yoki o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda “Politico” nashri yuqori martabali xitoylik amaldorlarga yaqin manbalariga tayanib xabar berdi. 

Sin Gan joriy yilning 25 iyunidan boshlab omma oldida ko‘rinish bermagan.

Keyin u Vetnam Tashqi ishlar vaziri Buy Txan Shon, Shri-Lanka Tashqi ishlar vaziri Ali Sabri, shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko bilan muzokaralar o‘tkazgan.

Ushbu yig‘ilishdan bir oy o‘tgach, Sin Gan ishdan bo‘shatildi va uning o‘rniga 2013 yildan 2022 yilgacha TIV rahbari bo‘lgan Van I tayinlandi.

“Politico” manbalariga ko‘ra, vazirning g‘oyib bo‘lishi va keyinchalik bo‘shatilishi Rudenkoning Pekinga tashrifi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Unga ko‘ra, ushbu safar davomida Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Xitoy raisi Si Szinpinga Sin Gan va bir qancha yuqori martabali zobitlarning qarindoshlari XXR yadroviy sirlarini G‘arb davlatlari razvedka xizmatlariga yetkazayotgani haqida ma’lumot bergan. 

Xitoy rasmiylari “Politico” xabariga izoh bermagan.

RTVI'ning diplomatik doiralardagi suhbatdoshi Rudenkoning Sin Ganni olib tashlashda ishtirok etishi mumkin emasligini ta’kidlagan.

“Bunday mavzuni muhokama qilish vazir o‘rinbosarining zimmasida emas. Bu kabi voqealar shaxsan Prezident darajasida bo‘lib, pastroq darajada amalga oshirilmaydi”, deya tushuntirgan manba.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Tsin' Gan Andrey Rudenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing