Xitoyning kosmik kemasi Yerga qaytdi

Jamiyat

image

Xitoyning ko‘p marta ishlatilishga mo‘ljallangan, eksperimental kosmik kemasi ikki kunlik parvozdan so‘ng, 6 sentyabr kuni Yerga qaytib keldi va belgilangan joyga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, rejadagi tajriba muvaffaqiyatli o‘tdi. Xitoy kosmik sohadagi texnologiyalarni o‘rganishda katta yutuqlarga erishdi.

Xitoy kosmik fanlari va texnologiyalari korporatsiyasining (SASS) ma’lum qilishicha, 4 sentyabr kuni orbitadan Yerga qaytib keladigan, "Chanchjen-2F" sinov kosmik kemasi kosmosga uchirilgan. 

Ta’kidlanishicha, "qurilma parvozlar paytida texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish va kosmosni tinch yo‘l bilan o‘rganishni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan". 

AQSH harbiylari apparat kosmik ob’ektlar katalogida 2020-063A xalqaro belgisini va 46389 raqamini olganini, minimal balandligi 332 kilometr, maksimal balandligi esa 348 kilometr ekanini ta’kidlashgan.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xitoy

Baholaganlar

95

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing