Xitoydagi qadimiy shaharni qum bo‘roni qopladi (video)

Olam

image

Xitoydagi Gobi sahrosi yaqinida joylashgan Dunxuan shahri yuz metrli qum to‘lqini bilan qoplandi. Bu haqda Xitoyning "Jimu News" nashri xabar bergan.  

“Men quyoshni boshqa ko‘rolmadim. Dastlab atrofimdagi qum bo‘ronidan sariq chang bor edi, keyin u qizarib, so‘ngra qora rangga aylandi”, degan mahalliy aholidan biri. 

Ma’lumot o‘rnida, Dunxuan — Gansu provinsiyasidagi kichik (taxminan 180 ming aholi) shahar. Qadimgi davrlarda Dunxuan Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab mamlakatga kelgan savdogarlar uchun Xitoyga kirish eshigi bo‘lib xizmat qilgan. 

Shahar yaqinida IV asrda barpo qilingan Magao ibodatxona majmuasi joylashgan. 

Qum bo‘ronlari Gansuda tabiiy hodisa hisoblanadi. Ko‘pincha, chang va qum atrofni bahor faslida o‘rab oladi. 

Avvalroq, Amerikaning Yuta shtatida chang bo‘roni oqibatida 20 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy bo'ron

Baholaganlar

169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing